Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dinozavrlarning qirilib ketish sababi isbotlandi

Dinozavrlarning qirilib ketish sababi isbotlandi

Foto: «Yandex.ru»

AQShda Yel universiteti olimlari dinozavrlarning qirilib ketishiga vulqon emas, asteroid asosiy sabab bo‘lganini isbotlashdi. «Rambler»ning yozishiga ko‘ra, olimlarning tadqiqoti bahaybat reptiliyalarning yo‘qolib ketish siriga oydinlik kiritgan.

Paleoklimatologlarning aniqlashicha, Hindistonda juda ko‘p vulqonlar otilishi mel-paleogen qirilishdan 66 million yil muqaddam biosferaga ta’sir ko‘rsatgan.

Mutaxassislar vulqon otilishining aniq vaqtini dengizda toshga aylangan jismlar yordamida aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ular hayvon qoldiqlaridagi izotoplar tarkibi karbonat angidridning global konsentratsiyalaridagi o‘zgarishlarga mos kelishini o‘rganishdi. Shundan so‘ng karbonat angidridning iqlimga ta’sirini modellashtirishdi. Buni qarangki, uglerod otilishi Selsiy bo‘yicha ikki daraja global isishga olib kelar ekan. Bu esa ulkan hayvonlarning qirilib ketishiga yetarli bo‘lmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring