CNN: G‘azodagi 16 ta qabriston Isroil harbiylari tomonidan tahqirlandi
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar va videolar G‘azo sektoridagi kamida 16 qabriston Isroil kuchlari tomonidan tahqirlanganini ko‘rsatdi.
CNN surishtiruvida shu aniqlandiki, isroillik harbiylar G‘azo sektoriga quruqlikdan uyushtirgan hujumi chog‘ida kamida 16 ta qabristonni tahqirlagan.
«Qabr toshlari vayron qilingan, yer ag‘darilgan, ayrim hollarda jasadlar chiqib qolgan», deb yozadi nashr.
Isroil Mudofaa kuchlari bu qilmishini «Hamas tomonidan garovga olinganlarning qoldiqlarini qidirishning bir qismi» ekani bilan oqladi.
«Qabriston kabi diniy ob’yektlarni qasddan yo‘q qilish xalqaro huquqni buzadi. Isroilning harakatlari urush jinoyati bo‘lishi mumkin», deb xabar beradi CNN telekanali.
Isroil rasmiysi telekanal tomonidan koordinatalari keltirilgan 16 ta qabristonning vayron qilingani sababini tushuntirib bera olmagan.
«Harbiylarning ba’zan HAMAS harbiy maqsadlarda foydalanish ehtimoli bo‘lgan qabristonlarga hujum qilishdan boshqa iloji qolmaydi», — deya Isroil vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirgan CNN.
Ayrim hollarda isroillik harbiylar qabristonlardan harbiy post sifatida foydalangan ko‘rinadi. CNN sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va videolarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, isroilliklar buldozerlar yordamida bir nechta qabristonlarni tekislagan va o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun pistirmalar qurgan.
CNN qabristonlarning vayron qilinishi holatini ko‘rsatdi. Birinchi surat 2023 yil 31 oktabrga tegishli.
Ikkinchi fotosuratda (quyida) qabristonlarning tekislikka aylangani ko‘rinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter