Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chimkentda otishma sodir qilgan o‘zbekistonlikka sud hukmi o‘qildi. U bankka hujum qilishga urinishda ham ayblangan

Chimkentda otishma sodir qilgan o‘zbekistonlikka sud hukmi o‘qildi. U bankka hujum qilishga urinishda ham ayblangan

Qozog‘istonning Chimkent shahrida joriy yilning fevral oyida otishma sodir etgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Xabarda aytilishicha, o‘zbekistonlik vaqtning o‘zida bir nechta moddalar bo‘yicha – noqonuniy qurol tayyorlash va olib yurish hamda qotillikka urinishda ayblangan. Sud uni 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosalarida mahkumda ruhiy sog‘lom deb topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, u O‘zbekistondagi do‘stidan qarz olib, Chimkentda 200 ming tenge (taxminan, 5,2 mln so‘m)ga qurol sotib olib, uni stvolini kesib kichraytirib olgan.

«Uning maqsadi qurol do‘konidan pulemyotni qo‘lga kiritish va keyin bankka bostirib kirish bo‘lgan», deydi sudya Samidin Temiraliyev.

Sud shuningdek, mahkumning Rossiyada ham qotillik aybi bilan sudlanganini aniqlagan. U 10 yil Rossiya qamoqxonasida bo‘lgan va 2022-yilning aprel oyida Chimkentga, ishlash uchun kelgan. Olti oy davomida mardikor bo‘lib ishlagan va ijaraga olingan kvartirada yashab kelgan.

Ushbu erkakning yaqinlari sudda qatnashmagan. Uning uylangan va 2 nafar farzandi bor ekani ma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring