Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chaqmoq 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Chaqmoq 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: «Sabah»

Hindiston g‘arbida chaqmoq chaqishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Tabiat hodisasi Bihar viloyatining Avrangobod tumanida kuzatilgan. Jala quyishi, chaqmoq chaqishi tufayli 5 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi yaralangan.

Meteorologiya ma’lumotlariga ko‘ra Avrangobodda yog‘ingarchilik yana bir necha kun davom etar ekan.

Musson yomg‘irlari mavsumida Hindistonda juda ko‘p chaqmoq chaqadi.

O‘tgan oy aynan chaqmoq chaqishi va sel tufayli 250 kishi halok bo‘lgan, 400 dan ziyod kishi yaralangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring