Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Ukrainaga boradi
Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Liz Trass Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashdi. Bu uning Britaniya bosh vaziri sifatidagi birinchi qo‘ng‘irog‘i. U Ukraina prezidenti bilan suhbatda Buyuk Britaniyaning Ukraina mustaqilligi va demokratiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.
Trass, shuningdek, Zelenskiyni Buyuk Britaniyaning to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va uzoq muddatli yordamiga ishonishi mumkinligiga ishontirgan.
Zelenskiy Buyuk Britaniyaning qo‘llab-quvvatlovi uchun Bosh vazirga minnatdorchilik bildirib, uni lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.
Ular, shu bilan birga global xavfsizlikni mustahkamlash zarurati hamda Rossiyaning urushni moliyalashtiruvchi manbalarini uzib qo‘yish choralarini muhokama qilishdi.
Liz Trassning ta’kidlashicha, Rossiyaning Yevropa davlatlariga nisbatan energiyani qurol sifatida ishlatayotgani Putin rejimining g‘alabasi uchun kafolat bo‘la olmaydi. U, shuningdek, Buyuk Britaniya va ittifoqchilarning energiya mustaqilligini mustahkamlashda davom etishi zarurligini ta’kidladi.
Bosh vazir yaqin haftalar va oylarda prezident bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutayotganini va yaqin orada Zelenskiyning Ukrainaga taklifini qabul qilishdan mamnunligini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter