Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniyada Alisher Usmonovga qarshi sanksiya qo‘llashni talab qilishmoqda

Buyuk Britaniyada Alisher Usmonovga qarshi sanksiya qo‘llashni talab qilishmoqda

Foto: «Azbukafinansov.ru»

Buyuk Britaniya quyi palatasi deputatlari hukumatdan rossiyalik ikki milliarder — Roman Abramovich va Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni qo‘llashga chaqirishdi. Bu haqda «The Times» xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, ingliz parlamenti a’zolari 18-yanvarda Moskvada hibsga olingan Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli bunday choralarni ko‘rishni taklif qilishdi. Mana, masalan, Leyboristlar partiyasidan deputat Margaret Xodj hukumatni rossiyalik oppozitsiyachini «so‘z bilan emas, balki amalda» qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi va ilgari o‘zi G‘arb davlatlariga Buyuk Britaniyada aktivlariga egalik qiluvchi qator rossiyalik oligarxlarga cheklovlar joriy etishni taklif qilganini esladi.

«U Abramovich va Usmonovni aytgan. Ikkalasining ham mol-mulklari va ingliz futbol klublari bilan aloqalari bor», — dedi Xodj.

Liberal-demokratlar vakili Leyla Moran, o‘z navbatida, Britaniya hukumatidan maqomi va moddiy ahvolidan qat’i nazar, har qanday shaxsga sanksiya qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish kafolatlarini talab qildi. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, parlament hozirda «keyingi harakatlar uchun barcha mumkin bo‘lgan variantlarni» ko‘rib chiqmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring