Bugun KXShT Bosh kotibi Armanistonga boradi
Birlashgan shtab boshlig‘i Anatoliy Sidorov boshchiligidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) missiyasining oldingi guruhi 15-sentyabr kuni Armanistonga boradi. Bu haqda TASS xabar berdi.
«KXShT chegaradagi vaziyatni baholash uchun Armanistonga tashkilot missiyasini yuborish haqidagi kelishuvlarni amalga oshirishga kirishdi», – deya qo‘shimcha qildi tashkilot.
KXShT Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni baholash uchun Armanistonga Bosh kotib Stanislav Zas boshchiligidagi missiya yuborishga qaror qildi. U mintaqadagi vaziyat to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi, shuningdek, mojaroni yumshatish variantlarini taklif qiladi. Hujjat Kollektiv xavfsizlik kengashining kuzda Yerevanda bo‘lib o‘tadigan sessiyasida davlat rahbarlariga taqdim etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 13-sentyabr kuni Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjonni Sotka, Goris va Jermuk aholi punktlari yo‘nalishida o‘t ochishda aybladi. O‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonni ikki davlat chegarasida keng ko‘lamli qo‘poruvchilik qilishda aybladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter