Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya bosh vazirining qaynonasi yuqori mansabni egallaydi

Britaniya bosh vazirining qaynonasi yuqori mansabni egallaydi

Hindiston prezidenti Rishi Sunakning qaynonasini mamlakat parlamenti yuqori palatasiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Bosh vazir Narendra Modi bu qarorni qo‘llab-quvvatlab, Sudha Murtining xayriya va ta’lim sohasidagi yutuqlarini e’tirof etdi.

Hindiston prezidenti Draupadi Murmu Sudha Murti nomzodini Hindiston parlamentining yuqori palatasiga (Rajya Sabha) ilgari surdi, deb yozadi Hindistonning The Week jurnali. Bu xonim Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning qaynonasidir.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bu qarorni qo‘llab-quvvatladi. «Hindiston prezidenti Sudha Murti nomzodini Rajya Sabhaga ko‘rsatganidan xursandman. Sudha xonimning turli sohalarga, jumladan, ijtimoiy soha, xayriya va ta’limga qo‘shgan hissasi juda katta va ilhomlantiruvchi», dedi u.

Sudha Murti – yozuvchi, Murty jamg‘armasiga raisi. U 2006 va 2023 yilda davlat mukofotlarini olgan. U, shuningdek, Hindistondagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi TATA Engineering and Locomotive Company (TELCO) tomonidan yollangan birinchi ayol muhandis edi.

Yozuvchi ayol biznesmen Narayana Murti bilan turmush qurgan. U elektron tijorat va telekommunikatsiya biznesi uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Infosys kompaniyasining hammuassisi hisoblanadi. Ularning modeler qizi Akshata Murti Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakka turmushga chiqqan.

Forbes  ma’lumotlariga ko‘ra, Narayana Murti boyligi 4,7 milliard dollarni tashkil etadi. U boshlang‘ich kapitalni - 10 ming rupiyni (hozir 120,6 dollar) rafiqasi Sudhadan olgan.

Hindiston parlamentining yuqori palatasida 245 o‘rin mavjud bo‘lib, ulardan 238 tasi shtat va ittifoq hududi qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadi. Prezident san’at, adabiyot, fan, jamoat va ijtimoiy faoliyatdagi alohida xizmatlari uchun 12 nafar deputatni shaxsan tayinlashi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring