Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya bosh vaziri: parlament tarqatib yuboriladi va yangi saylov o‘tkaziladi

Britaniya bosh vaziri: parlament tarqatib yuboriladi va yangi saylov o‘tkaziladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak 4-iyul kuni mamlakatda parlament tarqatib yuborilishi va muddatidan oldin saylovlar tayinlanishini e’lon qildi. Bu haqda siyosatchi xalqqa videomurojaatida aytib o‘tdi. 

Bosh vazir fuqarolarga ularning xavfsizligini ta’minlash uchun doimo harakat qilishiga va’da berdi va kelgusi besh yil ichida mamlakat Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng katta xavfsizlik muammolariga duch kelishi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi.

Sunak 2022-yil 25-oktabrda Bosh vazir lavozimini egallagandi. Bu vaqt ichida u mamlakatning harbiy xarajatlarini sezilarli darajada oshirdi, bu uning siyosatini tanqid qilish uchun sabab bo‘ldi.

Ilgari The Guardian Sunakning 4-iyul kuni Britaniyada umumiy saylovlar o‘tkazish niyati haqida yozgan edi.

Biroz avval Rishi Sunak Buyuk Britaniyaliklardan kechirim so‘ragani ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring