Bosh vazir Rishi Sunak britaniyaliklardan kechirim so‘radi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak 1970 va 1980-yillarda britaniyaliklarga noto‘g‘ri qon quyilgani uchun kechirim so‘radi.
O‘tkazilgan surishtiruvlarga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda britaniyalik minglab bemorlarga noto‘g‘ri qon quyilishi oqibatida OIV (VICh) va gepatit S kasalliklari yuqtirilgan.
Aniq raqamlarda: 30 mingdan ortiq britaniyalikka kasalliklar yuqtirilgan, taxminan uch ming kishi noto‘g‘ri qon quyilishi oqibatida vafot etgan.
Sababi — gemofiliya (qon ivuvchanligi buzilishi)ni davolashda kasallangan, xususan, Amerika qamoqxonalaridagi narkotiklar qabul qilgan donorlardan olingan qon quyilishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter