«BRIKS» yakunlari ma’lum qilindi
«BRIKS»ning 10-sammiti yakunlari: shaffof, ko‘ptomonlama biznes tizimining qo‘llab-quvvatlanishi hamda dunyoning turli burchaklarida davom etayotgan urushlarga barham berish. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Janubiy Afrika Respublikasining Yohannesburg shahrida o‘tkazilgan «BRIKS» (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR)ning 10-sammiti yakunlariga ko‘ra, tashkilotga a’zo davlatlar: shaffof, ko‘ptomonlama biznes tizimining qo‘llab-quvvatlanishi hamda dunyoning turli burchaklarida davom etayotgan urushlarga barham berishga kelishib olishdi.
«BRIKS energetika vazirlari «BRIKS» energetika tadqiqotlari hamkorligi tuzilmasi»ni tashkil qilishga kelishib olishdi.
«BRIKS»ga a’zo davlatlar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlari hamda dunyoning turli hududlarida kuzatilayotgan urushlarga barham berish, Falastin va Isroil o‘rtasidagi nizolar, Suriya va Yamandagi boshboshdoqliklarga chek qo‘yish bo‘yicha bir qarorga kelishdi.
Tashkilotga a’zo davlatlar BMTning Yaqin Sharq va falastinlik muhojirlarga ko‘maklashish agentligi (UNRWA)ning 5,3 million falastinlik muhojirlarga ta’lim, tibbiyot bo‘yicha bergan ko‘magidan mamnunligini bildirdi.
Sammit bugun, ya’ni 28-iyul kuni «BRICS Afrisa Outreach session» (BRIKS Afrika axborot-targ‘ibot sessiyasi) va «BRICS Plus» doirasidagi tadbirdan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter