Braziliya sobiq prezidenti ustidan chiqarilgan hukmlar bekor qilindi
Braziliya sudi mamlakatning korrupsiyada ayblanib qamalgan sobiq prezidenti Lula da Silva ustidan chiqarilgan hukmlarni bekor qildi.
Sud qaroriga ko‘ra, ishlar qayta ko‘rib chiqilishi kerak, sobiq davlat rahbarining saylovlarda qatnashishiga qo‘yilgan taqiq ham bekor qilindi.
Luis Inasio Lula da Silva — Braziliyaning 2003—2011-yillardagi prezidenti. Mamlakat federal oliy sudi 2018-yilning aprel oyida Lula da Silvani korrupsiyaga oid jinoyatlarda aybli deb topib, 12 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.
Siyosatchining o‘zi qo‘yilgan ayblovlar ostida siyosiy maqsadlar yotganini ta’kidlab, hech qachon aybiga iqror bo‘lmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter