Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya prezidenti Zelenskiyning taklifini yerda qoldirdi

Braziliya prezidenti Zelenskiyning taklifini yerda qoldirdi

Braziliya prezidenti Lula da Silva Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning uchrashish bo‘yicha taklifini qabul qilmadi. Bu haqda O GLobo gazetasi yozmoqda.

Braziliyalik jurnalistlarning yozishicha, Zelenskiy Argentina prezidenti inauguratsiyasiga ketayotib, Braziliyadagi aviabazada samolyotiga yonilg‘i quyish uchun to‘xtagan va da Silvani uchrashishga taklif qilgan. Bu 7-dekabr kuni sodir bo‘lgan. 

O‘sha kuni Lula da Silva va Braziliya Tashqi ishlar vazirligi vakillari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Janubiy Amerika umumiy bozoriga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining sammitida edi.

Natijada Zelenskiy taklifi rad etildi. Braziliya tomoni Ukraina rahbari taklif qilgan vaqt va sharoitni noqulay deb hisobladi. Mahalliy diplomatga ko‘ra, bunday uchrashuvlar aviabazada kamdan-kam va tayyorgarliksiz o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya tomoni Rossiya rahbari Vladimir Putinni mamlakatga taklif etmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring