Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bo‘yningni uzaman!» — Berdimuhamedovning o‘g‘li otasiga taqlid qilmoqda

«Bo‘yningni uzaman!» — Berdimuhamedovning o‘g‘li otasiga taqlid qilmoqda

Foto: Xroniki Turkmenistana

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov Axal viloyati hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. «Xroniki Turkmenistana» Axal viloyati hokimligidagi holat haqida ma’lumot tarqatdi.

Viloyat markazi Ashxoboddan 8 kilometr uzoqlikdagi Annau shahrida joylashgan. Serdar Berdimuhamedov har kuni ishga oynalari qoraytirilgan avtomobilda, ko‘plab qo‘riqchilari hamroxligida keladi. Bu holat huddi prezidentning kortejiga taqlid qilishga o‘xshaydi.

Viloyat hokimligi ma’muriyatida ishlaydigan shaxs tomonidan xabar qilinishicha, Berdimuhamedov hokimlik binosiga kirayotganda yoki chiqayotganda xodimlarning har biri o‘z xonasida o‘tirishi shart. Uning yo‘lidan hech kim chiqib qolmasligi kerak. Hokimning xonasi oldida esa qo‘riqchilar turadi. Avvalgi hokim davrida bunday an’ana yo‘q edi.

– Endi faqat bir necha xodimlar hokim xonasiga kirish huquqiga ega. Boshqalar esa o‘z xonasidan chiqmasligi shart. Hatto o‘ta zarur holatda yo‘lakka chiqqan taqdirda ham mutlaqo shovqin ko‘tarmasligi kerak. Shuningdek mobil telefonlardan foydalanish taqiqlangan. Hokimlik ma’muriyatining asosiy ishi – turli tantanali tadbirlar uyushtirishdan iborat. Serdar Berdimuhamedovning eng yoqtirgan gapi esa: «Bo‘yningni uzaman!», degan dag‘dag‘a, – deya axborot beradi hokimlikdagi manba.

Annau shahri fuqarolaridan biri hokim qabuliga kirishga urinib ko‘rdi, ammo unga shaxsiy masala bo‘yicha na hokim va na o‘rinbosari qabul qilishini tushuntirib qo‘yishgan. Hozirda viloyat ahli Serdar Berdimuhamedov bu lavozimda uzoq vaqt qolmasligiga ishonmoqda. U nari borsa yana 6 oy ishlashi va boshqa lavozimga o‘tib ketishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring