Boris Jonson NATO Bosh kotibi lavozimiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson o‘zini NATO Bosh kotibligiga nomzod sifatida ko‘rsatdi.
«NATO yetakchisi? Yaxshi fikr. Bilasizmi, juda muvaffaqiyatli. Men shunday reja borligini e’lon qilmoqchiman va bunday nomzodni hech kim esdan chiqarmasin. Bu safar menga omad kulib boqadi deb o‘ylayman. Albatta, men o‘zimni nomzod deb bilaman», – deydi Jonson.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina NATOga qo‘shilishi kerak.
«Biz Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish istiqbolli ekanligini aniq ko‘rib turibmiz. Bu sodir bo‘lishi kerak. Putin Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi barcha dalillarni rad etdi. Endi ular yo‘q», – dedi Britaniya sobiq bosh vaziri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter