Boris Jonson jarima to‘lab, kechirim so‘radi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 2020-yilda koronavirus cheklovlarini buzganligi uchun jarimaga tortilgandi. «Sky News» telekanalining bugungi efirida bosh vazir shundan gap ochdi.
«Jarimani vaqtida to‘laganman, o‘sha voqea uchun hozir yana bir bor kechirim so‘rayman», — dedi hukumat rahbari.
Sanitariya qoidalarini buzganlik uchun to‘langan jarima puli 50 funt sterling ($65)ni tashkil etganini telekanal eslatib o‘tdi. «Sky News» ma’lumotlariga ishonadigan bo‘lsak, Boris Jonson qonunni buzgani uchun amalda o‘tirgan payti jazolangan ilk britan bosh vaziriga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter