BMT Yamanda gumanitar halokat boshlanishidan ogohlantirdi
BMT Bosh kotibining insonparvarlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va favqulodda yordam bo‘yicha koordinatori Mark Loukok Yamanda yaqin vaqt ichida muntazam ovqatlanish imkoniyati cheklangan insonlar soni bir yarim baravarga ko‘payib ketadi, deya bayonot berdi.
— Iqtisodiyot tang ahvolda, yaman riali oxirgi oyda 30 foizga qadrsizlandi, Yaman deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan keltiradi, milliy valyuta qadrsizlanishi oziq-ovqat narxining keskin oshishiga olib keladi — bu mamlakatning qariyb 10 million aholisini yanada mushkul ahvolga solib qo‘yadi, — dedi Loukok Xavfsizlik kengashi majlisida.
Yamanning ayrim hududlarida ocharchilik hukm surmoqda, ovqat topolmagan odamlar barglarni yeb jon saqlashmoqda, deya ta’kidladi Bosh kotib o‘rinbosari.
Ayni paytda sakkiz million yamanlik oziq-ovqat muammosidan qiynalmoqda, ularning safiga yana 3,5 million kishi qo‘shilishi haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter