Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Ukrainadagi vaziyatni yoritishda qaysi so‘zlarni ishlatish kerakligini tavsiya qildi

BMT Ukrainadagi vaziyatni yoritishda qaysi so‘zlarni ishlatish kerakligini tavsiya qildi

Foto: «Zerkalo nedeli»

BMT o‘z xodimlariga Rossiya harbiylarining Ukrainadagi harakatlarini tasvirlashda «nizo» yoki «hujum operatsiyasi» so‘zlarini ishlatishni tavsiya qildi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba tashkilotning ushbu qaroridan norozi. Uning fikricha, Ukraina va Donbassdagi vaziyatga nisbatan «urush» va «bosqin» so‘zlarini ishlatmaslik senzuradan boshqa narsa emas.

«BMT shunday senzura kiritganiga ishonish qiyin. Tashkilotning sha’niga to‘g‘ri kelmaydigan ish bo‘ldi», — deb yozdi Kuleba «Twitter»da.

Qolaversa, BMT o‘z xodimlaridan ijtimoiy tarmoqlar va saytlarda ukrain bayrog‘ini joylashtirmaslikni so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring