Siyosatchi: Ukraina 9-mayda Rossiya uchun «sovg‘a» tayyorlayotgan bo‘lishi mumkin

9-maydagi G‘alaba paradi paytida Moskvadagi Qizil maydon Ukraina Qurolli Kuchlari uchun «qonuniy nishon» hisoblanadi. Bu haqda Oliy Radaning sobiq deputati Igor Lapin boshqa sobiq deputat Borislav Berezaning Youtube’dagi kanalida aytib o‘tdi.
Lapin, UQK ko‘plab rus qo‘shinlari to‘planadigan G‘alaba paradiga hujum tayyorlayotgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qilingan hujumlarni zarbalar nishoni Ukraina qo‘shinlari ekanligi bilan izohlamoqda.
«Qizil maydon biz uchun ham qonuniy nishon... Qizil maydonda qancha qo‘shin bo‘ladi? Xudo ularni urishni buyurgan», - dedi Lapin.
Berezaning qayd etishicha, Ukraina maxsus xizmatlari bunday hujum rejalashtirilayotganini yashirmaydi va Moskvaga 9-may uchun «Ukraina sovg‘alari»ni va’da qiladi.
14-aprel kuni prezident Vladimir Zelenskiy «diplomatik kuch namoyishi sifatida» Yevropaning yuqori martabali amaldorlarini 9-mayga Kiyevga taklif qildi. Ukraina rahbari mezbonlik qiladigan tadbir shu kuni Moskvaning Qizil maydonidagi parad vaqtida o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter