Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT rahbari Kiyevda chog‘i shaharga raketa zarbasi berildi

BMT rahbari Kiyevda chog‘i shaharga raketa zarbasi berildi

Foto: «UN News»

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish BBC jurnalisti Ben Braunga intervyusida aytishicha, u Kiyevda chog‘i Rossiya shaharga raketa zarbasi berganidan shokka tushgan. Bu haqda Braun «Twitter» yozdi.

UN Secretary General tells me he’s shocked by Russia carrying out a missile attack on Kyiv while he’s on the city for talks with President Zelensky. Ukraine calls it a ’heinous act of barbarism’ - and a ’postcard from Moscow’ pic.twitter.com/4ecfbVdk6f

— Ben Brown (@BenBrownBBC) April 28, 2022

«BMT bosh kotibi prezident Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazish uchun kelganida Rossiya Kiyevga raketa zarbasi berganidan shok holatiga tushganini menga aytdi. Ukraina tajovuzni «jirkanch varvarlik» va «Moskvadan otkritka» deb baholadi», — deb yozdi jurnalist.

Guterrish Ukrainadagi jinoyatlar bilan Xalqaro jinoyat sudi shug‘ullanayotganini ma’lum qilgan.

My interview tonight in Kyiv with the UN Secretary General on his talks with President Zelensky - and his efforts to stop the fighting in #Ukraine pic.twitter.com/oNdzDdN2Jj

— Ben Brown (@BenBrownBBC) April 28, 2022

«Xalqaro jinoyat sudi surishtiruvlarini men to‘liq qo‘llab-quvvatlayman va unga ishonaman», — dedi Guterrish. U Moskvani xalqaro huquq organi bilan hamkorlikka chaqirgan.

BMT Xavfsizlik kengashi Ukrainadagi urushning oldini ololmadi va to‘xtatolmadi. Guterrish bundan qattiq taassufda va g‘azabda ekanini ta’kidladi.

Bosh kotib Ukrainaning qirg‘in qilingan Irpen, Bucha va Borodyanka shaharchalarida bo‘lib, urush asoratlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi.

«Vayron qilingan, kuyib qorayib ketgan bu uylarni ko‘rib, oilam, jon saqlash uchun vahimada yugurib chiqayotgan nevaralarimni ko‘z o‘ngimga keltirdim, alal-oqibat halok bo‘lishlarini o‘ylab seskanib ketdim. Ukrainadagi urush, XXI asrdagi urush — «yovuzlik va pastkashlik», — dedi Antoniu Guterrish.

Antoniu Guterrish 26-aprel kuni Moskvada prezident Putin qabulida bo‘lgan, so‘ngra Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazish uchun Kiyevga kelgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring