BMT Bosh kotibi Isroilni to‘xtashga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning bosib olingan Falastin hududlarida 4000 dan ortiq yangi yahudiy turar joylari qurish qaroridan chuqur xavotir bildirdi.
BMT rahbari Isroil hukumatini zudlik bilan aholi ko‘chirish ishlarini to‘xtatishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar bosib olingan G‘arbiy Sohilda, jumladan, Sharqiy Quddusda isroillik aholi punktlarini qurish bo‘yicha rejalarni amalga oshirishni tezlashtiradi.
Uning ta’kidlashicha, bu ishlar «xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi» hisoblanadi.
«Bu harakatlar ikki davlat o‘rtasida adolatli, uzoq muddatli va keng qamrovli tinchlikka erishish yo‘lidagi asosiy to‘siqdir», — deya ogohlantirdi Guterrish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter