Bloomberg: Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi yangi sanksiyalarni taklif qilmoqda
![Bloomberg: Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi yangi sanksiyalarni taklif qilmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/1/0/720_460_95_1061009086.png)
Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi yangi sanksiyalar paketini kiritishni taklif qildi. Bu haqda Bloomberg nashri ma’lum qildi.
Yangi sanksiya harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan ikki tomonlama tovar va texnologiyalarni eksport qilishni taqiqlaydi. Bundan tashqari, sanksiyalar energetika sektori, ko‘mir, po‘lat va oltin mahsulotlariga ham tegishli bo‘ladi.
Minskka qarshi taklif qilinayotgan sanksiyalar Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan ilgari qo‘ygan sanksiyalariga, jumladan, asosiy texnologiyalar va mamlakat energetika sektoriga cheklovlarga o‘xshaydi.
Qayd etilishicha, taklif qilingan sanksiyalarni ma’qullash uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlarning qo‘llab-quvvatlashi zarur.
Avvalroq, Litva tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalar paketi Rosatom va Minskka qarshi choralarni o‘z ichiga olishi mumkinligini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter