Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bishkekda uch haftada oltita rahbar almashdi

Bishkekda uch haftada oltita rahbar almashdi

Bishkekda meri vazifasini bajaruvchi shaxs uch hafta ichida oltinchi marta almashtirildi. Bu haqda RIA Novosti Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov Balbak Tulobayevni Bishkek meri vazifasiga  tayinlagan.

Tulobayev bungacha hukumatning Issiqko‘l viloyatidagi vakolatli vakili lavozimida ham ishlagan. Shuningdek, u Qirg‘iziston poytaxti meriyasi apparatini boshqargan.

Ikki yil davomida Bishkek meri bo‘lib ishlagan Aziz Surakmatov 6 oktyabrdagi tartibsizliklar fonida iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozgandi. Shundan so‘ng, yuzaga kelgan xaos tufayli olti kishi poytaxt  rahbarligiga kelib ketgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring