Bishkekda uch haftada oltita rahbar almashdi
Bishkekda meri vazifasini bajaruvchi shaxs uch hafta ichida oltinchi marta almashtirildi. Bu haqda RIA Novosti Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov Balbak Tulobayevni Bishkek meri vazifasiga tayinlagan.
Tulobayev bungacha hukumatning Issiqko‘l viloyatidagi vakolatli vakili lavozimida ham ishlagan. Shuningdek, u Qirg‘iziston poytaxti meriyasi apparatini boshqargan.
Ikki yil davomida Bishkek meri bo‘lib ishlagan Aziz Surakmatov 6 oktyabrdagi tartibsizliklar fonida iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozgandi. Shundan so‘ng, yuzaga kelgan xaos tufayli olti kishi poytaxt rahbarligiga kelib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter