«Bir oilaga — ikki bola»: Misr prezidenti aholi ko‘payib ketayotganidan tashvishda
Misr aholisi soni 100 million kishidan oshdi, mamlakat prezidenti Abdulfattoh as-Sisining aytishicha, hozirgi sharoitda bir oilaga ikki bola ham yetarli. Bu haqda «Al-Ahram» gazetasi yozmoqda.
Ismoiliyadagi tibbiyot majmuasi ochilishida qatnashgan As-Sisi aholining tez o‘sishidan mamlakat iqtisodiyoti jabr ko‘rayotganini ta’kidladi.
«Aholi o‘sishi nazoratga olinmas ekan, odamlar turmushi farovonlashmaydi», — dedi Misr prezidenti.
Shuning barobarida davlat rahbari hukumat qattiq choralar qo‘llab muammoni yechish niyatida emasligini ham qo‘shimcha qildi.
«Aholi o‘sishiga qarshi qaratilgan va oilalarga barcha zarur xizmatlar taqdim etiladigan dastur ustida ishlayapmiz», — dedi Abdulfattoh as-Sisi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Misrda har yili ikki million bola dunyoga keladi, bu esa mamlakat sog‘liqni saqlash sohasi budjetini kamida 3,6 mlrd. dollarga oshirishni taqozo etadi.
2016-yilda Misr aholisi 90 million kishi edi. Hisob-kitoblar 2030-yilga borib bu raqam 140 milliongacha yetishini ko‘rsatyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter