Betmenning betmobili sotilmoqda. Unga arab shahzodasi da’vogar
1989-yilda Tim Bertonning «Betmen» filmida suratga tushgan mashhur betmobil sotuvga qo‘yildi. Bu haqda «Avto24» xabar bermoqda.
Ayni damda Litvada avtomobilni to‘liq restavratsiya qilish ishlari yakunlangan. Mashinaning egasi Andrey Jazovskiyning aytishicha, u 7 yil avval uchta nusxadan birini «Warner Brazers» studiyasidan sotib olgan. Uni restavratsiya qilish ishlari Litvada bo‘lgani tufayli mashina hozir o‘sha yerda saqlanmoqda.
Restavratsiya jarayonida mashinaga «Betmen»ni suratga olish chog‘ida ishlatilgan barcha detallar o‘rnatilgan. Xususan, pulemyotlar ko‘tariladi, «reaktiv» dvigatel olov otadi, barcha tugmalar yonadi va ishlaydi.
Shunday holatda betmobil 300 ming yevroga baholanmoqda. Unga allaqachon da’vogar topilgan. Ulardan biri mashhur kinoprodyuser, ikkinchisi arab shahzodasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter