«Betmen»ning o‘zi yordamga muhtoj
«Thewrap.com» yozishicha, «Betmen» filmi prodyuserlari taniqli aktyor Ben Afflek bilan shartnomani bekor qilishlari mumkin. Bu loyiha sug‘urtasining qimmatlashib ketgani bilan bog‘liq.
Gap shundaki, ichkilikka berilib ketgan Afflek o‘tgan hafta reabilitatsiya markaziga navbatdagi marotaba davolanishga ravona bo‘ldi. Xullas, boshqalarni qutqarishi kerak bo‘lgan «Ko‘rshapalak odam»ning o‘zi hozir ko‘makka muhtoj. Shu sababdan ham kinoni olish muddati cho‘zilib ketdi — xarajatlar ham shunga yarasha.
Loyihaning o‘z vaqtida nihoyasiga yetkazilmasligini sug‘urtalash — Hollivuddagi oddiy tajriba. Bosh rol ijrochisi va rejissyor bilan bog‘liq muammolar sabab film ustidagi ishlar muzlatib yoinki to‘xtatib qo‘yilishini ehtimolda tutib, yirik kinostudiyalar shu yo‘lni tutishadi va katta moliyaviy yo‘qotishlardan himoyalanishga urinishadi.
Sug‘urta mablag‘lari kinofilm umumiy budjetiga kiritiladi, ammo ko‘zda tutilmagan xarajatlar boshqa loyihalarda bo‘lgani singari kinematografiyada ham murakkab ahvolga solib qo‘yadi.
Sug‘urta kompaniyasi vakillari ayni shu sababdan ham prodyuserlar Afflekning xizmatidan voz kechishi mumkinligiga urg‘u berishyapti. Sug‘urtachilar film budjetining yarmini so‘rashlari mumkin, biroq bu baribir umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada oshirib yuboradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter