Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh prezident g‘alabasini to‘g‘ri topgan professor 2020-yilgi saylovda kim g‘olib chiqishini aytdi — AQSh

Besh prezident g‘alabasini to‘g‘ri topgan professor 2020-yilgi saylovda kim g‘olib chiqishini aytdi — AQSh

Foto: «NY Daily News»

2020-yilning 3-noyabridan so‘ng Donald Tramp AQSh prezidentligida qoladimi? Tarixchi-professor Allan Lixtmanning fikricha, yo‘q.

Professor Lixtman Ronald Reygan qayta saylanishi (1984-yil)dan boshlab, AQSh prezidentligi uchun kurashgan besh nafar nomzodning g‘alabasini oldindan aytib bergan.

Tarixchining o‘z «13 kalit» nazariyasi bor, mana shu formula asosida kim davlat boshqaruviga kelishini adashmay topadi.

«13 kalit» iqtisodiyot, egallab turgan lavozim, ijtimoiy to‘lqinlar va mojarolar, qolaversa, nomzodlar xarizmasi (jozibasi) kabi omillarni o‘z ichiga oladi», — deyiladi CNN xabarida.

Lixtmanning «13 kaliti» bu safar Jo Baydenning g‘alabasidan darak beryapti. Shunday bo‘lgan taqdirda 78 yoshli Bayden Qo‘shma Shtatlarning butun tarixidagi eng keksa prezidentga aylanadi.

«Kalitlar Tramp Oq uydan mahrum bo‘lishini ko‘rsatmoqda», — professordan iqtibos keltiradi «Voice of America» — «Tramp faqat oltita kalit bo‘yicha ustun: xususan, respublikachilardan jiddiy raqibi yo‘q, xorijiy harbiy kampaniyalarda jiddiy omadsizlikka uchramagan».

Baydenda esa yettita kalit ustunligi bor: jumladan, Tramp davrida yuzaga kelgan ijtimoiy tartibsizliklar, koronavirus pandemiyasi jilovining yo‘qotilishi, iqtisodiyot barqarorligiga putur yetishi, impichment kabi omillar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring