Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgorodda ko‘p qavatli uy quladi: o‘nlab odamlar jabrlangan

Belgorodda ko‘p qavatli uy quladi: o‘nlab odamlar jabrlangan

Bugun, 12-may kuni Rossiyaning Belgorod viloyatida ko‘p qavatli uy quladi. Bunga Ukraina tomonidan uchirilgan raketa sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha,  jami 16 ta kvartiradan iborat uy qulagan va 17 kishi jabrlangan. 

TASS nashrining xabar berishicha,  bir necha qutqaruvchilar bino ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiylar qutqaruvchilar jabrlanmaganini aytmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra,  hududga "Tochka U" raketa kompleksidan zarba berilgan

Rossiya tergov boshqarmasi terrorchilik akti moddasi bo‘yicha ish ochdi. 

Bir necha kun avval Sankt-Peterburga avtobus daryoga qulagan va yetti kishi vafot etgandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring