Rossiyada raketa hujumidan halok bo‘lganlar soni ortdi
Belgorodning o‘qqa tutilishi natijasida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi. Bu haqda gubernator Vyacheslav Gladkov ma’lum qildi.
«Belgorodning kechagi o‘qqa tutilishidan so‘ng halok bo‘lganlar soni oshdi va 22 nafarga yetdi. Jabrlanganlardan biri kechasi kasalxonada vafot etdi. Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman», deb yozdi hudud rahbari.
Hozirda 109 nafar yarador bor. Ulardan 25 nafari og‘ir ahvolda. Ularni federal klinikalarga yetkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani aytiladi.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, shaharda 30 ta ko‘p qavatli uy, 381 ta xonadon, bir qancha xususiy uylar, ko‘plab avtomobillar zarar ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, 29 dekabr kuni Rossiya Ukraina hududlarini, jumladan Kiyevni o‘qqa tutgandi. Zelenskiy javob qaytarilishini aytdi va kecha, 30-dekabr kuni Belgorod raketa hujumiga uchradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter