Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarusda «boylar uchun soliq» joriy etildi

Belarusda «boylar uchun soliq» joriy etildi

Belarus Milliy Assambleyasining Vakillar palatasi ikkinchi (yakuniy) o‘qishda badavlat fuqarolar uchun daromad solig‘ini oshirishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda respublika parlamenti matbuot xizmati xabar qildi. 

Yillik daromadi 200 ming Belarus rublidan (60 ming dollar) oshadigan belaruslar uchun to‘lov miqdori 13 foizdan 25 foizga oshirildi.

Bu chora «fuqarolar tomonidan olingan daromadlardan katta miqdorda foyda olish maqsadida ko‘rilgan», — deya aniqlik kiritdi matbuot xizmati.

Belarus rasmiylariga ko‘ra, yangilik 8-9 ming kishiga ta’sir qiladi.


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring