Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden yana «suvni loyqalatdi»

Bayden yana «suvni loyqalatdi»

AQSh prezidenti Xitoy yetakchisi bilan uchrashuvdan keyin uni yana diktator deb atadi.

Pekin prezident Jo Baydenning bu so‘zlariga munosabat bildirdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning AQSh prezidenti bayonotini mas’uliyatsizlik deb baholadi.

«Ushbu bayonot juda noto‘g‘ri va mas’uliyatsizlikdir. Xitoy siyosiy manipulyasiyaga qat’iy qarshilik qiladi», — deya Mao Ning so‘zlarini keltiradi «RIA Novosti».

Jo Baydenning bayonoti AQSh va Xitoy rahbarlarining San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan to‘rt soatlik suhbatidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida yangradi. Jurnalistning Si Szinpinni hali ham diktator deb hisoblaysizmi, degan savoliga Amerika prezidenti ijobiy javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Si Szinpin siyosiy tuzilmasi AQShdan butunlay farq qiladigan kommunistik mamlakatni boshqaradi. Shu bilan birga, Bayden Xitoy rahbari bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum natijalarga erishilganini aytdi.

Bayden xitoylik hamkasbini shu yilning iyun oyida ham diktator deb atagandi. Shundan keyin Pekin bunday bayonotlar ikki tomonlama munosabatlarga jiddiy zarar yetkazishi haqida bayonot bergandi.

Avvalroq Si Szinpin AQSh-Xitoy mojarosining dahshatli oqibatlaridan ogohlantirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring