Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden xorijga safarlarini qaysi mamlakatlardan boshlashi ma’lum qilindi

Bayden xorijga safarlarini qaysi mamlakatlardan boshlashi ma’lum qilindi

Foto: «VTimes»

AQSh prezidenti Jo Bayden xorijga safarlarini Bryussel va Buyuk Britaniyadan boshlaydi. Bu haqda Oq uy ma’lum qildi.

Jo Baydenning AQSh prezidenti sifatidagi ilk tashrifi 2021-yilning iyun oyida boshlanadi: u NATO shtab-kvartirasi hamda Yevropa ittifoqining yetakchi institutlari joylashgan Bryussel (Belgiya) hamda G7 sammitiga mezbonlik qiluvchi Buyuk Britaniyaga boradi, deyiladi Oq uy rasmiy xabarida.

«Bu prezidentning ilk xorijiy safarlari. Ushbu tashriflar uning o‘zaro ittifoqlarimizni tiklash, transatlantik munosabatlarni jonlashtirish borasidagi intilishlari ifodasi bo‘lib, global muammolarni hal etish va Amerika manfaatlarini yaxshiroq himoya qilishda ittifoqchilarimiz va ko‘p tomonlama hamkorlarimiz bilan yaqindan hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi», — deyiladi xabarda.

Jo Bayden Kornuolldagi G7 sammitida qatnashishdan tashqari (11–13-iyun), «Katta yettilik» mamlakatlari yetakchilari, xususan, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring