Bayden va Putin bugun tunda telefonda suhbatlashadi

AQSh va Rossiya davlat rahbarlari Jo Bayden va Vladimir Putin o‘rtasida bugun, 30-dekabr tunda (Vashington — 15:30; Moskva — 23:30) telefonda muloqot bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oy uy tarqatgan Amerika prezidentining kunlik ish tartibi jadvali shohidlik beradi.
«Prezident [Байден] Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan qator mavzular, jumladan, RF bilan bo‘lg‘usi diplomatik aloqalarni muhokama qilish uchun telefonda so‘zlashadi», — deyiladi hujjatda. Ta’kidlanishicha, suhbat matbuot uchun yopiq tartibda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq har ikki tomon vakillari davlat rahbarlari o‘rtasidagi telefon suhbati payshanba (kechasi) kuni bo‘lib o‘tishini tasdiqlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter