Bayden va Obamani o‘ldirmoqchi bo‘lgan odam hibsga olindi
AQSh hukumati Ayova shtatida AQSh prezidenti Jo Bayden va AQShning sobiq yetakchisi Barak Obamani, shuningdek, Facebook (hozirgi Meta) asoschisi Mark Sukerbergni o‘ldirmoqchi bo‘lgan qurollangan shaxsni hibsga oldi. Bu haqda NBC telekanaliga asoslanib RIA Novosti ma’lum qildi.
Rasmiylar so‘zlariga ko‘ra, Kaliforniyadagi supermarket ishchisi 25 yoshli Kuachua Brilion Syun (Kuachua Brillion Xiong) bugun hibsga olingan va hozir qamoqda. Politsiya erkakning mashinasidan AR-15 miltig‘i, o‘q-dorilar, zirhlar va birinchi tibbiy yordam qutilarini topishgan.
Syun «hokimiyatdagi odamlarni o‘ldirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oq uyga borish niyatida» 18 dekabr kuni o‘z uyini tark etgani ma’lum bo‘ldi.
Erkak tergovchilarga «o‘ldirmoqchi bo‘lgan yovuz odamlarning ro‘yxatini» tuzganini aytgan. Ro‘yxatda Bayden, Obama va Sukerbergdan tashqari AQShning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchining ham nomi bor, deb yozadi telekanal.
Syun telefonida xarita ilovasidan foydalangan va boradigan manzil sifatida Oq uyni tanlagan. Erkak tergovchilarga Oq uy hududi chizmasini, shu jumladan, «hujumga tayyorgarlik paytida aniqlangan zaif joy»ni ko‘rsatgan.
«U agar hibsdan ozod qilinsa, darhol Oq uyga borishini aytdi va rejani amalga oshirish uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Syun Kaliforniyaga qaytish niyati yo‘qligini bildirdi. Uning maqsadi — Oq uyda yovuz iblislar bilan kurashib o‘lish», — deyiladi sud hujjatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter