Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Rossiyaning Xersondan chiqib ketishiga izoh berdi

Bayden Rossiyaning Xersondan chiqib ketishiga izoh berdi

AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, rus qo‘shinlarining Xersondan olib chiqilishi yaqinlashib kelayotgan qishda qayta tiklanish istagi bilan bog‘liq. Bu haqda Rambler xabar bermoqda.

«Ular (Rossiya armiyasi) Xersonni daroyning sharqiy qirg‘oqi orqali tark etishmoqda. Ikkala tomon ham yaralarini bog‘lab, qishda nima qilishni va murosaga tayyormi yoki yo‘qligini hal qilishadi», deydi AQSh prezidenti.

Bayden Rossiya va Ukraina murosaga tayyor yoki tayyor emasligini bilmasligini ta’kidlab, Rossiya bilan muzokaralar vaqtini Kiyevning o‘zi hal qilishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi qo‘shinlar qo‘shma guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikinning hisobotidan so‘ng, urushning birinchi kunlarida bosib olingan Xersondan rus qo‘shinlarini olib chiqishni boshlash haqida buyruq bergan eli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring