Bayden Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli unga qarshi sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi.
Ularga quyidagilar kiradi:
- Rossiya biznesi uchun dollar va yevro, funt va yenadagi operatsiyalarni cheklash;
- Rossiyaga yuqori texnologiyali mahsulotlar importini 50 foizga cheklash;
- Rossiyaning to‘rtta bankiga, jumladan VTBga qarshi sanksiyalar;
- Rossiyaning yirik davlat kompaniyalari uchun AQSh va Yevropa Ittifoqi bozorlarida qarz olishga cheklovlar;
- Rossiya amaldorlari, yirik tadbirkorlar va ularning oila a’zolariga nisbatan sanksiyalar.
AQSh sanksiyalari ostida qolgan banklar orasida Sberbank «Otkritiye», Sovkombank va Novikombank ham bor. Shuningdek, «Rosneft» rahbari Igor Sechinning o‘g‘illari, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Rossiya Prezidentining atrof-muhit masalalari bo‘yicha maxsus vakili Sergey Ivanov, VTB va Sberbank top-menejerlari ham qayd etilgan.
Bayden AQSh Rossiyaga qarshi urushga bormasligini, faqat NATO davlatlarini himoya qilish uchun Yevropada qo‘shimcha kuchlarni joylashtirishini ta’kidlagan.
Kuni kecha Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llanilishini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter