Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Netanyaxudan o‘t ochishni uch kunga to‘xtatib turishni so‘radi – Axios  

Bayden Netanyaxudan o‘t ochishni uch kunga to‘xtatib turishni so‘radi – Axios  

Bayden Netanyaxudan ba’zi garovga olinganlarni ozod qilish uchun uch kunlik sulh so‘radi, deb yozmoqda Axios.

Nashrning yozishicha, AQSh, Isroil va Qatar HAMAS garovga olgan 10-15 kishini ozod qilishi va urush harakatlari to‘tatiladigan uch kundan 7-oktyabr kuni asirga olingan odamlarning aniq ro‘yxatini tuzish uchun foydalanish rejasini muhokama qilmoqda.

Nashr manbalari Netanyaxu Baydenga bu variantga qarshi ekanligini, chunki u HAMAS kelishuvning bir qismini bajarmaydi, deb hisoblashini aytganini ma’lum qilgan.

Netanyaxu 7-noyabr kuni isroilliklarga qilgan murojaatida Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasligini va HAMAS barcha garovdagilarni ozod qilmaguncha, G‘azo sektoriga yoqilg‘i yetkazib berishga ruxsat bermasligini yana bir bor ta’kidladi.

Isroil prezidenti Isaak Gersog AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris bilan telefon suhbatida ham xuddi shunday pozitsiyani bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring