Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Isroilga 10 milliard dollardan oshiq pul bermoqchi

Bayden Isroilga 10 milliard dollardan oshiq pul bermoqchi

Bayden Isroil uchun 10,6 milliard dollar yordam so‘radi. Aytilishicha, prezident ma’muriyati Kongressga 105 milliard dollar miqdoridagi budjet so‘rovini yubordi. U Isroilga harbiy yordam uchun 10,6 mlrd dollarni nazarda tutadi.

Paketning eng katta qismi - 61,4 milliard dollar - Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam uchun mo‘ljallangan.

Ma’muriyat shuningdek, gumanitar yordam uchun 9 milliard dollar so‘ramoqda - bu Ukraina, G‘azo sektori va Isroil uchun jami miqdor sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, G‘azodagi vaziyat keskinlashgach, AQSh tomoni Isroilni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi, Jo Bayden hatto tashrif bilan Tel-Avivga keldi. 

Oldinroq AQSh davlat departamentining harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha byurosi direktori Josh Pol Vashingtonning Isroilga harbiy ko‘makni oshirish haqidagi qaroriga norozilik ifodasi sifatida o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring