Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan kunni aytdi

Bayden G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan kunni aytdi

Oq uy rahbari tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin ekanini bildirdi.

G‘azo sektorida sulh yaqin va kelasi dushanbagacha ta’minlanishi mumkin, deya jurnalistlarga ma’lum qildi AQSh prezidenti Jo Bayden.

Oq uy rahbari Falastin anklavida qachon sulhga erishish mumkinligi haqidagi savolga: «Umid qilamanki, shu hafta oxirigacha. Mening milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchim biz kelishuvga juda juda yaqin ekanimizni aytadi. Umid qilamanki, kelasi dushanbaga qadar (G‘azo sektorida) o‘t ochishni to‘xtatishga erishiladi», dedi.

Isroil hujumlari natijasida Falastinda qurbon bo‘lganlar soni 29,7 ming kishidan oshgan, ularning aksariyati ayollar va bolalardir. 70 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.

G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning ommaviy bombardimonlari hamda blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmon tanqisligidan aziyat chekmoqda. Minglab binolar, jumladan kasalxonalar, masjidlar va cherkovlar ham Isroilning havo va quruqlik hujumlari natijasida zarar ko‘rgan yoki butunlay vayron bo‘lgan. Isroil tomonida qurbonlar soni 1200 ga yaqin.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring