Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden G‘azo bombardimonini ma’qulladi. Isroil endi JDAM bombalarini tayyorlamoqda

Bayden G‘azo bombardimonini ma’qulladi. Isroil endi JDAM bombalarini tayyorlamoqda

Falastinning HAMAS guruhi butunlay yo‘q qilinishi kerak, ammo Falastin davlati mavjud bo‘lishi kerak, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden CBS News telekanaliga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS jangarilari tinch aholi ortiga yashirinishmoqda va ularni yo‘q qilish kerak. U Isroilning mintaqadagi harakatlarini asosli deb atadi va G‘azo sektorini bombardimon qilish bilan HAMASning harakatlari o‘rtasida farq borligini dastakladi.

«Isroil javob berishga haqli. Ular HAMASni ta’qib qilishlari kerak», — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.

Shuningdek, u Isroilga yordam berish uchun AQSh qo‘shinlarini yuborishni rad etib, Isroil shundoq ham «dunyodagi eng yaxshi armiyalardan biriga» ega ekanligini ta’kidladi.

Amerika prezidenti, Falastin davlati bo‘lishi kerakligini, biroq HAMAS hujumlari tufayli uni yaratish endi imkonsiz ekanini aytgan.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham avvalroq HAMAS butunlay yo‘q qilinishi kerakligini aytgan edi.

«The New York Times»ning qayd etishicha, Isroil G‘azo shahrini qo‘lga olsa, uni nima qilishi noma’lumligicha qolmoqda. Amerikalik jurnalist, Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh o‘z manbalarga tayanib, Isroil G‘azoga AQSh tomonidan yetkazib berilgan JDAM bombalari bilan zarba berishga tayyorlanayotganini, bu esa shaharning vayron bo‘lishiga olib kelishini aytdi.

Avvalroq AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Rashida Tolib prezident Jo Baydenning Falastin–Isroil ziddiyatidagi pozitsiyasini tanqid qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring