Bayden faqat Isroilga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘yadi
AQSh prezidenti Jo Bayden respublikachilar tomonidan taklif qilinayotgan Isroilga shoshilinch harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Kongressning har ikki palatasi tomonidan tasdiqlangan taqdirda unga veto qo‘yadi. Bu haqda Oq Uy ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur qonunda Ukraina manfaatlari hisobga olinmagan va faqat Isroilga yordam ko‘rsatilishi haqida gap boradi.
Respublikachilar partiyasi taqdim etgan qonun loyihasi Isroilga 14,3 milliard dollar miqdorida favqulodda qo‘shimcha yordam ajratishni nazarda tutadi.
Milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi 31 oktabr kuni Oq uyda o‘tkazilgan brifingda hujjatni sharhlar ekan, u AQSh milliy xavfsizlik manfaatlariga javob bermasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bir vaqtning o‘zida ham Ukrainaga, ham Isroilga yordam berishga qodir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter