Bayden eng kam ish haqini ikki baravarga oshirmoqchi
AQSh prezidenti Jo Bayden pandemiya sharoitida aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan farmonga imzo chekdi.
Unga ko‘ra, federal xizmatchilarga eng kam to‘lov soatiga 15 dollargacha yoki oldingisidan ikki baravarga oshiriladi.
Bayden inqiroz oqibatida ishlayotgan oilalarga shoshilinch yordam ko‘rsatishga ham topshiriq berdi.
«Buni yengish uchun barcha vositalarga egamiz. Virusni nazoratga olish va iqtisodiyotni oldingi holatiga qaytarish uchun mablag‘imiz yetarli. Odamlarga yordam berish mexanizmlarimiz mavjud. Kelinglar, ularni ishga solamiz», — dedi prezident.
«Yana 900 ming nafar amerikalik ishsizlik nafaqasi so‘rab murojaat qilganini kecha bildik. 900 ming! Ular ham ish va maoshsiz qadri va hurmatini yo‘qotgan millionlab amerikaliklar qatoriga qo‘shildi», — qo‘shimcha qildi Bayden.
Baydenning inqirozga qarshi ulkan dasturining katta qismini AQSh Kongressi ko‘rib chiqishi kerak. Yangi prezidentning iqtisodiy rejalari qanchalik keng qo‘llab-quvvatlanishini Senatda Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod Janet Yellen qancha ovoz olishi ham ko‘rsatadi.
O‘tgan juma kuni moliya qo‘mitasi bir ovozda Yellenning tasdiqlanishi uchun tavsiya bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter