Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Basketbolchi 200 kiloli baliqni qo‘lga tushirdi

Basketbolchi 200 kiloli baliqni qo‘lga tushirdi

Foto: «Twitter.com»

Basketbolchi Maykl Jordan og‘irligi 200,6 kg keladigan ulkan marlinni qo‘lga tushirdi. Bu haqda «The Guardian» nashri xabar berdi.

57 yoshli sportchi har yili Amerikaning Shimoliy Karolina shtatida o‘tkaziladigan hamda butun dunyo baliqchilarini bir yerga jamlaydigan «Big Rock Blue Marlin Tournament» musobaqasida ishtirok etyapti. Mukofot jamg‘armasi 3,3 million dollarni tashkil etadi. Eng katta marlinni tutgan g‘olib ushbu pulning uchdan bir qismiga sazovor bo‘ladi.

Hozircha Jordan sovrinli uchta o‘rindan birortasini ham egallashga muvaffaq bo‘lmadi. Musobaqa vaqtida qo‘lga tushirilgan eng katta baliq 224 kilogramm tosh bosdi. Qaysidir paytgacha basketbolchi beshinchi o‘rinni egallab turdi. Biroq baliqchilardan biri 204 kiloli marlin bilan qaytib kelgach, oltinchi o‘ringa tushib qoldi.

Raqobat hali tugagani yo‘q, shu bois natijani yaxshilash uchun Jordanda imkoniyat bor. Sportchi va uning jamoasi 24 metrli yaxtasida yana bitta ulkan marlinni ovlashga urinib ko‘radi. «Sal kattaroq baliq bilan qaytsam, xursand bo‘lardim», — dedi basketbolchi.

Maykl Jordan — 1980 va 1990-yillarda Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA) va basketbolni dunyoga tanitishda muhim rol o‘ynagan amerikalik basketbolchi. Sportdagi faoliyati davomida u olti marta NBA chempioni bo‘lgan.

Marlin — uzunligi 5 metrgacha yetadigan ulkan baliq. U soatiga 110 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi. Nayza ko‘rinishidagi uzun qurol bilan ovlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring