Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barcha boyliklarini ehson qildi, o‘zi esa...

Barcha boyliklarini ehson qildi, o‘zi esa...

Foto: «Sabah»

Avstraliyaning Sidney shahrida yashovchi 36 yoshli Ali Banat ismli musulmonni hamma «milliarder» deb atar edi. U umri oz qolganini eshitgach, barcha boyliklarini ehson qilib yubordi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Rak kasalligiga mubtalo bo‘lgan milliarder milliardlab dollar qiymatga ega muhtasham uylarini, yaxtalarini, mashinalarini, tilla taqinchoqlarini sotib, barcha mablag‘ini mehribonlik uylariga, kambag‘allarga berib yubordi.

Shifokorlar 2016-yili uning 7 oy umri qolganini aytishgandi. Biroq u 2 yil yashadi. Milliarder bu xastalikni Yaratganning in’omi deya qabul qildi.

Milliarder Afrika qit’asining Togo davlatiga borib, u yerda «Dunyoning hamma joyidagi musulmon uchun» nomli vaqf(fond)ga asos soldi.

Togoda maktab va masjid qurdirdi.

Kecha Ali Banatning vafotidan avval tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Unda shunday so‘zlar bor: «Hammaning borar joyi aniq. Buyuk safarga har on tayyor bo‘laylik. Yaxshilik qiling, yaxshilik».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring