Ayollarga zulm qilganlikda ayblangan sudya iste’foga chiqdi

Ayollarga zulm qilgani hamda kuch ishlatgani uchun Nyu-York shtati bosh sudyasi Erik Shnayderman iste’foga chiqdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
To‘rt nafar ayolga kuch ishlatishda ayblanayotgan sudya bu ayblovlarni tan olmasa-da, lekin uning xatti-harakati Nyu-York qonunchiligiga ko‘ra bu amalda ishlashiga to‘sqinlik qiladi. Shu bois u o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqqan.
Nyu-York shtati gubernatori Andrey Kuomo vaziyatga: «Hech kim qonundan ustun emas», – deya munosabat bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter