Avtobus ichida 40 dan ortiq odam yonib ketdi — Bolgariya
Bolgariyada sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida 45 kishi halok bo‘ldi, yana 7 kishi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Interfaks ma’lum qilmoqda.
Bolgariya milliy radiosining politsiyaga manbalariga asoslanib xabar berishicha, Shimoliy Makedoniyaga tegishli shaharlararo avtobus Bolgariya g‘arbidagi Struma shossesidagi Bosnek qishlog‘i yaqinida yonib ketgan.
Avtobus Turkiyadan Shimoliy Makedoniyaga ketayotgan bo‘lib, salonda 52 kishi — 2 nafar makedoniyalik haydovchi va 50 nafar Albaniya fuqarosi bo‘lgan.
Hozirda xodisa sabablari o‘rganilmoqda. Yo‘l uchastkasida transport harakati cheklangan.
Avvalroq, AQShning Viskonsin shtatining Uokesha shahri markazidagi Rojdestvo paradida mashina odamlarni urib yuborishi natijasida bir necha kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilgan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter