Avstraliyada samolyot uylar orasidan uchib o‘tib odamlarni qo‘rqitib yubordi (video)
![Avstraliyada samolyot uylar orasidan uchib o‘tib odamlarni qo‘rqitib yubordi (video)](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1620603524.jpg)
Avstraliya Havo kuchlariga tegishli «Boeing C-17» rusumli samolyot Brisben shahrida ko‘p qavatli uylar orasidan juda pastlab uchib, odamlarni sarosimaga soldi, deb xabar bermoqda «Hurriyet.com.tr» nashri.
Odamlar derazalarining yonginasidan samolyotning uchib o‘tganini ko‘rib, 2001 yilning 11 sentyabridagi kabi terakt amalga oshirilishidan qo‘rqib ketishgan, deyiladi «Daily Mail» xabarida.
Ma’lum bo‘lishicha, samolyotning bunday uchishi aviashou bilan yakunlanishi kerak bo‘lgan «Riverfire» madaniy festivaliga tayyorgarlik bo‘lgan. Parvoz obdon o‘ylab chiqilgan hisob-kitoblar asosida amalga oshirilgan va hech kimga zarar yetkazmagan. Ammo shahar aholisining tinchini buzgan va juda ko‘p noroziliklarga sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter