Atambayevga o‘q uzgan shaxs qidirilmoqda
Kecha Qirg‘iz Respublikasi sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan siuqasd uyushtirilgani xabar qilingandi.
9 oktyabrda Ala-Too maydonida o‘tayotgan tinchlik mitingi vaqtida o‘q otgan odamni qidiruvga berildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
U siyosatchilarning biriga tegishli avtomashina yurib ketayotganda to‘pponchadan o‘q otgan vaqtida tasvirga tushib qolgan. Biroq videoda uning yuzi aniq ko‘rinmagan.
Sobiq prezident Almazbek Atambayev hamda sobiq premer Sapar Isakovning mashinalarini noma’lum kishilar otgani ma’lum qilingan. Shuningdek, O‘murbek Babanovning mashinasiga ham o‘q tekkani aytildi. Atambayev bu hujum oldindan tashkil qilinganini va bu bo‘yicha unda oldindan ma’lumot borligini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter