Almazbek Atambayev Qirg‘izistondan chiqib ketdi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qirg‘izistondan Dubayga uchib ketdi. Bu haqda uning yaqinlari Kaktus media nashriga ma’lum qilgan.
Ularga ko‘ra, bugun, 15-fevral kuni Atambayev ertalab soat 5 larda Dubayga uchib ketgan, ushbu shahardan Ispaniyaga uchadi.
Atambayev bilan birga uning o‘g‘li, Bishkek shahar kengashi deputati Qodir Atamboyev ham uchib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Oliy sudi Atambayevga chiqarilgan 11 yillik qamoq jazosini hukmini to‘xtatgan, unga xorijda davolanishga ruxsat berilgandi. Sobiq prezidentning o‘zi xorijda davolanishi va Qirg‘izistonga albatta qaytib kelishini aytan.
Eslatib o‘tamiz, 2011-2017-yillarda mamlakatni boshqargan rahbar 2019-yil avgustida qo‘lga olingandi. Unga korrupsiya, jinoiy avtoritetga yordam berish, o‘z mansabini suiste’mol qilish kabi ayblovlar qo‘yilgandi. 2020-yil oktyabrdagi namoyishlar fonida Atambayev bir muddat ozodlikka chiqdi, so‘ngra yana qamaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter